Асосий -> O`zbekiston statistik axborotnomasi jurnali -> “Oʻzbekiston statistik axborotnomasi” elektron ilmiy jurnali

“Oʻzbekiston statistik axborotnomasi” elektron ilmiy jurnali

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 686-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzurida xoʻjalik faoliyati hisobiga moliyalashtiriluvchi “Oʻzbekiston statistik axborotnomasi” elektron ilmiy jurnalini tashkil etish belgilangan.

Respublika hukumatining mazkur qarori ijrosini taʼminlash maqsadida institut huzurida “Oʻzbekiston statistik axborotnomasi” choraklik elektron ilmiy jurnali (www.statmirror.uz) tashkil etildi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2019 yil 27 avgustda 1309-son guvohnoma bilan roʻyxatga olindi.

 

Hujjat bilan tanishish:

Roʻyxatga olish guvohnomasi





  • X
    Izoh : Имя: Email:
    Rasmdagi kodni kiriting !!!: