Asosiy -> Fotogalereya

Fotogalereya

“Zangi ota” ziyoratgohiga tashrif 2022 yil 8-aprel

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tashkil etilgan «Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)» 576-soatlik qayta tayyorlash o‘quv kursining 16-22 - guruh tinglovchilari institut katta o‘qituvchisi (PhD), ushbu guruh rahbari G’.B.Ernazarov boshchiligida 2022 yil 8 aprel kuni Toshkent viloyatidagi “Zangi ota” ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

2021 yilning 11 noyabr kunidan boshlab respublikamizda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi. Bizning institutimizning professor-o`qituvchilari ham mazkur jarayonlarda faol qatnashmoqdalar, jumladan, 2021 yil 16 noyabr kuni “Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va milliy hisoblar” kafedrasining katta o`qituvchilari Sh.R.Djumaniyazov va PhD M.N.Sunnatovlar Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholini ro‘yxatga olishning asosiy tadbirlari bo`yicha AQSH va Evropa davlatlaridan kelishgan xalqaro ekspertlar bilan jonli muhokamada ishtirok etishdi.

2021 yil 23 oktabr kuni A.Temur va Politexnika muzeylariga tashrif

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2021 yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yuzasidan “Tanlanma kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” oʻquv kursi 49-21 guruhi tinglovchilari va “Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar” kafedrasi katta oʻqituvchisi F.U.Umarov boshchiligida 2021 yil 23 oktabr kuni A.Temur va politexnika muzeylariga tashrifidan fotolavhalar

Institutimizda 2021 yil 19-oktabr kuni stol tennisi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 19 oktabr kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari va “Iqtisodiy – statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” oʻquv kursi tinglovchilari ishtirokida sportning stol tennisi turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Quyida ushbu sport musobaqasidan fotolavhalar keltirilmoqda.

“Zangi ota” ziyoratgohiga tashrif 2021 yil 16 oktyabr

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Iqtisodiy statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” oʻquv kursining 48-21 - guruhi va “Tanlanma kuzatuv: nazariya, uslubiyot va amaliyot” oʻquv kursining 49-21 - guruhi tinglovchilari “Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar” kafedrasi katta oʻqituvchisi va guruh rahbari Sh.R.Djumaniyazov boshchiligida 2021 yil 16 oktyabr kuni maʻnaviy – maʻrifiy ishlar doirasida Toshkent viloyatidagi “Zangi ota” ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.

Xronometraj jarayonlari amalda

2021 yil 8 sentabr kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati va professor oʻqituvchilari, jumladan: N.Xaydarov, X.Nishanbayev, Sh.Djumaniyazovlar Xronometraj boʻyicha Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida xizmat safarida boʻlib kelishdi. U yerda har bir boʻlimdagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, muhokamalar oʻtkazildi. Oʻrganish jarayonida shu narsa maʼlum boʻldiki, xronometraj obʼekti boʻlgan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi va viloyatdagi 5 ta tumanda jami 45 ta xodimning funksional ish faoliyatida vaqt meʼyorlari bilan bogʻliq ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Toʻplangan maʼlumotlar tizimli ravishda qoʻmitaga yuborilmoqda. Bugundan boshlab paxta mavsumi boshlanganligi ham ayon boʻldi. Bu oʻz navbatida, statistika tizimi xodimlarining nenormativ ish jarayolari kengayishiga olib kelishi maʼlum boʻldi. Shu yerning oʻzida ushbu holat xronometrajda qanday aks etishi haqida zarur maʼlumotlar ham berildi. Biroq, oʻrganish natijasida “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boʻlimi”da 12 korxona oylik hisobotini kiritish kodirovkasi yoʻqligi aniqlandi. Shu joyning oʻzida davlat statistika Qoʻmitasi bilan bogʻlanildi va bu muammo tez orada bartaraf etilishiga kelishildi. Muxtasar qilib aytadigan boʻlsak, Sirdaryo viloyati va tumanlarida xronometraj boʻyicha olib borilayotgan ishlar qoniqari tashkil etilgan.

Muzeyga-tashrif 05.06.2021 yil

Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Gʻ.B.Ernazarov boshchiligida “Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)” qayta tayyorlash kursining 20 - 21 - guruh tinglovchilari shu yilning 5 iyun kuni “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” va Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Fargʻona shahrida 27-29 may kunlari sayyor oʻquv kurslari tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda viloyat tashkilotlari iqtisodchi xodimlarining “Statistika asoslari” boʻyicha amaliy bilim va koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yilning 27-29 may kunlari Fargʻona shahrida tashkil etilgan sayyor oʻquv kursidan fotolavhalar

13.04.2021

13.04.2021

Toshkent viloyatidagi “Zangi ota”

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining «Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)» qayta tayyorlash kursi 20-21 - guruh tinglovchilari “Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar” kafedrasi katta oʻqituvchisi va guruh rahbari Gʻ.B.Ernazarov boshchiligida 2021 yil 10 aprel kuni Toshkent viloyatidagi “Zangi ota” ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.

Instituti xodimlari oʻrtasida sportning basketbol va mini-futbol turlari boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6099-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 16-yanvar kuni Davlat statistika qoʻmitasining markaziy apparati va Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari oʻrtasida sportning basketbol va mini-futbol turlari boʻyicha musobaqasidan fotolavhalar

2021 yilning 12 yanvar kuni “Uy xoʻjaliklarining tanlama kuzatuvini tashkil etish va oʻtkazish”

2021 yilning 12 yanvar kuni “Uy xoʻjaliklarining tanlama kuzatuvini tashkil etish va oʻtkazish” kursiga kelgan 02-21-guruh tinglovchilari bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri, A.Temur xiyoboni va “Temuriylar tarixi davlat muzey”lariga borishdi.

Zangi ota

Zangi ota