Institut haqida

      Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Qadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti sobiq Qadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.

      Institut oʻz faoliyatini Davlat statistika qoʻmitasining 2019 yil 10 sentabrdagi 94-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ustavga (Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani Davlat xizmatlari markazida 2019 yil 11 sentabrda roʻyxatga olingan), har yili Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturi hamda statistika tadqiqotlarini amalga oshirish dasturiga muvofiq amalga oshiradi.

     Institut faoliyatining asosiy maqsadi - davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirishni tizimli asosda samarali tashkil qilish, oʻqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, shuningdek tarmoqlar va mintaqaviy muommolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borishdan iborat. Tizim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha institutda 2 ta qafedra, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, hamda tarmoqlar va mintaqaviy muammolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borish boʻyicha 3 ta boʻlim tashkil etilgan.

   Institutda “Oʻzbekiston statistika axborotnomasi” choraklik elektron ilmiy jurnali (www.statmirror.uz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 27 avgustdagi 1309-son guvohnomasi) nashr etiladi. Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2019 yil 30 sentabrdagi 269/2-son qaroriga asosan, “Ekonometrika va statistika” hamda “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash (DSc.30.09.2019.I.92.01 raqamli) faoliyat yuritadi. Mos ravishda, har yili ajratiladigan qabul kvotalariga asosan, ilmiy izlanuvchilar uchun mazkur ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.

    Курсы на ближайший месяц!
Новости

Davlat statistika qoʻmitasining yangi logotipi ishlab chiqildi

07-01-2020

Mamlakatimizda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatori statistika sohasi ham tubdan isloh qilinib, unga xalqaro standartlar va ilgʻor jahon tajribasi keng tatbiq etilmoqda. Natijada, bunday islohotlar zamirida statistika idoralari mamlakatimizning muhim makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini zamonaviy usullarda aniqlik, shaffoflik va oshkoralik tamoyillari asosida shakllantirishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston ziyorat turizmini rivojlantirish uchun qulay manzil

05-10-2018

“Oʻzekspomarkaz”da "Ipak yoʻlida turizm" Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi davom etmoqda. Jahon sayyohlik sohasidagi yirik voqealardan hisoblangan ushbu koʻrgazma doirasida turli taqdimotlar, amaliy muzokaralar oʻtkazilmoqda. OʻzA muxbirlari ana shu jarayonda faol ishtirok etayotgan mahalliy va xorijlik mehmonlarning fikrlari bilan qiziqdi. Ahmad Xolid AL-JIYRON, Kuvayt davlatining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi: