O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 103-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilning 27–29-aprel kunlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan Namangan viloyatida sayyor o‘quv kurslari tashkil etildi.

   Namangan viloyati hokimining 2026-yil 27-apreldagi 90-6-0-F/26-son farmoyishiga asosan viloyat, tuman va shahar hokimliklari hamda viloyat tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun tashkil etilgan sayyor o‘quv kursida mahalliy davlat hokimiyati organlari, viloyat korxonalari va banklardan jami 97 nafargacha tinglovchilar va 40 nafargacha soha mutaxassisligidagi talabalar ishtirok etishdi. O‘quv kursini Institutning Ta’lim dasturini ishlab chiqish va o‘quv-uslubiy ta’minoti bo‘limi boshlig‘i M. Umarov va Ta’lim jarayonlarini tashkil etish va nazorat bo‘limi boshlig‘i M. Axmedovalar tomonidan o‘tkazildi. O‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga guvohnoma taqdim etildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech