Koreya statistika boshqarmasi (KOSTAT) delegatsiyasining 2023 yil 14 – 19 may kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida bo‘lishi dasturiga muvofiq, shu yilning 16 may kuni Koreya statistika boshqarmasi (KOSTAT) va uning Statistika Trening instituti hamda Statistik tadqiqotlar instituti vakillaridan iborat delegatsiya Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida Koreya statistika boshqarmasi va Statistika Trening instituti hamda Statistik tadqiqotlar instituti vakillari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyati bilan batafsil tanishtirildi. O’zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha institutlar o‘rtasida imzolangan uchtomonlama kelishuv memorandumi bo‘yicha fikr almashildi.

1

2

Shuningdek, tashrif doirasida Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyati to‘g‘risida, shuningdek, Koreya statistika boshqarmasining Statistika Trening instituti va Statistik tadqiqotlar instituti faoliyati to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

3

4

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti taqdimotida Koreya statistika boshqarmasining Statistika trening instituti va Statistik tadqiqotlar instituti bilan kelishuv memorandumining imzolangani institutlarimiz faoliyatida juda muhim o‘rin tutishi, shu bilan birga, kelishuv memorandumida belgilangan o‘zaro manfaatli tadbirlarning tizimli bajarilishini tashkil etish maqsadida tegishli “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi va unda quyidagilarni ko‘zda tutilishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi:

  1. Kelishuv memorandumi doirasida tomonlar delegatsiyalarining uchrashuvini tashkil etish va unda hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini, amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxatini va bajarilish muddatlarini belgilab olish;
  2. Koreya Respublikasining Statistika trening instituti va Statistik tadqiqotlar institutining tajribasi asosida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  3. Statistika agentligi va uning quyi tashkilotlari xodimlarining kasbiy kompetensiyasini oshirib borish tizimini takomillashtirish maqsadida:

- kadrlar zahirasiga kiritilgan yosh va iqtidorli xodimlarni Statistika trening institutining malaka oshirish kurslariga yuborish;

- tizim xodimlarining Statistika trening institutining malaka oshirish bo‘yicha maxsus elektron kurslarida ishtirok etishlarini tashkil etish;

- Institutdagi o‘quv jarayoniga Statistika trening instituti professor o‘qituvchilarini ham jalb etish (shu jumladan, videokonferensaloqa shaklida);

- Institutdagi malaka oshirish kurslari uchun Koreya tajribasi asosida onlayn elektron platformani yaratish va ishga tushirish.

  1. Tomonlar milliy statistikasi metodologiyasi va amaliyotidagi mavjud dolzarb muammoli masalalarni aniqlash va ular bo‘yicha hamkorlikda:

- ilmiy konferensiyalar, seminarlar,  davra suhbatlari va treninglarni an’anaviy va videokonferensaloqa shaklida tashkil etish;

- statistik tadqiqotlarni amalga oshirish va statistika amaliyotiga ilg‘or xalqaro tajribalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish;

- ilmiy maqolalar, axborot - tahliliy materiallar, doktorlik dissertatsiya ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy qilish.

  1. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor – o‘qituvchilari va ilmiy xodimlaridan har yili 2 nafarini Statistika trening institutiga va Statistik tadqiqotlar institutiga stajirovkasini tashkil etish.
  2. Tomonlar professor-o‘qituvchilarini ularning huzurida faoliyat yuritadigan ilmiy - jurnallar tahririyat kengashlari a’zoligiga kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.
  3. Statistika agentligi tizimi xodimlari, professor - o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va izlanuvchilar uchun Statistika trening instituti va Statistik tadqiqotlar instituti Axborot - resurs markazlarining elektron bazalariga kirish imkoniyatini yaratish.

O’z navbatida, uchtomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuv memorandumi doirasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadigan tadbirlar to‘g‘risida takliflar Koreya tomonidan ham asosan ma’qullandi.  

Uchrashuvda institut rahbariyati, professor – o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar va ilmiy izlanuvchilar vakillari ham ishtirok etishdi.

5

Uchrashuv so‘ngida tomonlar vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi va birgalikda suratga tushildi.

6

Tugmani bosing Tinglash GSpeech