Joriy yilning 25 - may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori Begalov Bahodir Abdusalomovich Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlor instituti jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Statistika agentligi direktorining shu yil 28-apreldagi 19 - sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlor institutining tizim xodimlarining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz oshirib borish, statistik tadqiqotlarni va ilmiy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish hamda moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini  va moddiy – texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning ijrosini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlor instituti va Statistika agentligining mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

1

2

3

4

5

6

Tugmani bosing Tinglash GSpeech