Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2023-yil 20-oktyabrda xodim hamda tinglovchilar ishtirokida O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, “Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantiradi” mavzusida targ‘ibot va tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir davomida quyidagilar ta’kidlanib o‘tildi:
O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi ekanligi shu bilan birga qonunchilikda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu illatga qarshi kurashdagi kuch hamda imkoniyatlarini birlashtirish maqsadi nazarda tutilgan bo‘lib, korrupsiya illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur ekanligini qayd etish zarur. Zero, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kuchli immunitet shakllanmas ekan, jamiyat bu balodan qutula olmasligi barchamizga ma’lum.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, korrupsiya muammosi so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Ayrim siyosatchilar tomonidan korrupsiyaga global inqirozni keltiribchiqaruvchi omil sifatida ham ta’rif beriladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning ayrimlari korrupsiya balosiga o‘z vaqtida muvaffaqiyatli kurashib, ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishganligini inobatga olib, barcha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibga asosan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” borasida darslarini o‘tish yo‘lga quyilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Targ‘ibot va tushuntirish tadbiri davomida ishtirokchilarning berilgan savollariga batafsil javob berildi.


