Mazkur uchrashuvda ikkala mamlakatning statistika sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va inson resurlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil etildi ham o‘zaro fikrlar almashildi. Shuningdek, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan olib borilayotgan ilmiy-pedagogik faoliyati va statistik tadqiqotlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va kelgusi davrda hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi hamda yo‘l xaritasi tuzildi.


