O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan «Statistika asoslari» bo‘yicha shartnoma asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun Nukus shahrida shu yilning 20-22 dekabr kunlariga mo‘ljallangan qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 84 - bandida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari iqtisodchi xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida shartnoma asosida “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirilgan.

1

Davlat rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori talabini 2023 yilda bajarilishini tizimli tashkil etish maqsadida, “Statistika asoslari” bo‘yicha 20 soatlik maxsus o‘quv kursi ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining direktori tomonidan 2023 yil 12 yanvar kuni “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ - 4796 -sonli qaroriga muvofiq 2023 yilda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda korxonalar va tashkilotlar iqtisodchi xodimlari uchun shartnoma asosida “Statistika asoslari” kursini tashkil etish va o‘tkazish reja - jadvali” tasdiqlangan.

Mazkur reja - jadvalga muvofiq va Statistika agentligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining bevosita ko‘magida sayyor o‘quv kursi shu yilning 20 – 22 dekabr kunlari uchun mamlakatimizning salohiyatli va nufuzli hududlaridan biri hisoblanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha bo‘g‘indagi (tuman va shahar) hokimliklari va respublika tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun sayyor kurs tarzida tashkil etildi. Sayyor o‘quv kursi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.K.G’ayibnazarov tomonidan o‘tkazilmoqda.

2

O’quv kursi ishtirokchilari Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor - o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan tegishli o‘quv va tarqatma materiallar, shuningdek, 2022 yilning yanvar - dekabr va 2023 yilning yanvar – sentabr holatiga tarmoqlar va hududlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining tahliliy statistik ma’lumotlari bilan ta’minlanadi va kurs yakunida ularga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

3

4

Tugmani bosing Tinglash GSpeech