Xalqaro valyuta fondining 2023-yil 29-avgustdagi murojaat xati va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 13-sentyabrdagi 03/104-32 – son topshirig‘iga asosan, Xalqaro valyuta fondi missiyasining O’zbekistonga tashrifi dasturi doirasida shu yilning 21-sentabr kuni Statistika agentligida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyatining XVFning Vena birlashgan instituti direktori Erve Joli va Kavkaz, Markaziy osiyo va Mongoliya bo‘yicha rivojlantirish mintaqaviy markazi rahbari Norbert Funke bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

5-7b5a8308

7-7b5a8316

Uchrashuv doirasida janob Erve Joli va Norbert Funke tomonidan XVFning Vena birlashgan instituti va Kavkaz, Markaziy osiyo va Mongoliya bo‘yicha rivojlantirish mintaqaviy markazining faoliyatini tashkil etish, o‘quv kurslarining yo‘nalishlari, shuningdek, kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

3-7b5a8292

O’z navbatida, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G’oyibnazarov va direktorning birinchi o‘rinbosari B.To‘rayev tomonidan institutning asosiy vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish, statistik tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti faoliyati to‘g‘risida uchrashuv ishtirokchilari batafsil tanishtirildi. Shuningdek, Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlari talablari doirasida institut faoaliyatini tubdan takomillashtirish va transformatsiya qilish bo‘yicha kelgusi qisqa muddatli davrda amalga oshirilishi belgilangan tadbirlar to‘g‘risida axborot berildi.

6-7b5a8306

Uchrashuvda faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha kelgusida Institutlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish imkoniyatlari masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech