2020- yil 18- sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va YUNISEF o'rtasida imzolangan 2019–2020-yillarga mo'ljallangan qo'shma ish rejasini amalga oshirish doirasida “O'zbekistonda bolalar nafaqalari tizimini isloh qilish” mavzusida onlayn konsultatsiya tashkil etildi.
Tadbirda Davlat statistika qo'mitasidan Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo'limi boshlig'i Jahongir Qambarov hamda Jamg`arma va yordamchi hisoblar bo`limi boshlig'i Rahmatjon O'rozbayev qatnashdi. Shuningdek, respublikadagi tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.
Ushbu ekspertlar maslahatida Moliya vazirligi boshqarmasi boshlig'i Nodir Mulitdinov, YUNISEFning O'zbekistondagi ijtimoiy siyosat bo'limi boshlig'i Umid Aliyev hamda xalqaro ekspert – Jonatan Karter "O'zbekistonda bolalar nafaqasini isloh qilish uchun taklif etilayotgan ssenariylarning qiymatini tahlil qilish loyihasi" mavzuida ma'ruza qildi.
Vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari taqdim etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish va yig'ish metodologiyasini yaxshilash yuzasidan tegishli konstruktiv sharh va tavsiyalar berdi.
Axborot xizmati